Babayan "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan Superliga 16-turida "Paxtakor"dan uchralgan (1:2) mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Mavsumdagi eng muhim uchrashuvda afsuski, mag'lub bo'ldik. Ushbu mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'rayman. Birinchi bo'lim juda ham muvaffaqiyatsiz o'tdi. Ayrim futbolchilar xayajon sabab o'zlarini ko'rsata olishmadi, kurashlarda engilishdi. Natijada ikkita to'p o'katiz yubordik.
Tanaffusdan so'ng nimanidir o'zgartira oldik. O'yinda asosan hissiyotlar birinchi o'rinda turdi. To'g'risi, bugun mag'lubiyatga loyiq emasdik. Toshkentda ham, Namanganda ham omadimiz kelmadi. Chempionlik uchun kurashni qiyinlashtirdik, ammo oldinda hali 10 ta bahs bor. O'yin oldidan bo'lgan atmosferaning sababchilari jamoa futbolchilari. Ha, bugun o'xshamadi. Futbolda bunday holatlar ham uchraydi", - dedi Babayan.

Bosh sahifaga
236