O'rtoqlik o'yini. «PSJ» «Inter» bilan durang o'ynadi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1155

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Evropaning top-klublari o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishmoqda. "PSJ" klubi Italiyaning "Inter"iga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo'lim tugashi arafasida parijliklar Tilo Kererning goli evaziga hisobni ochishdi. Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan 4-daqiqada esa milanliklar Samuele Longo hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.
O'yindan keyin o'tkazilgan penaltilar seriyasida omad "Inter"ga kulib boqdi 6:5.
O'rtoqlik o'yini
PSJ Frantsiya – Inter Italiya – 1:1 (1:0, 0:1), penaltilar seriyasi – 5:6
Gollar: 1:0 – Tilo Kerer (41), 1:1 – Samuele Longo (90+4).
PSJ (boshlang'ich tarkib): Areolya, Kerer, Diallo, Kurzava, Mene, Errera, Verratti, Bernat, Sarabiya, Draksler, Mbappe.
Inter: Xandanovich, Shkrinyar (Pirola, 83), de Vrey (Longlo, 65), Bastoni (Ranokkiya, 65), D’Ambrozio (Agum, 90), Dalbert (Godin, 65), Sensi (Valero, 65), Brozovich (Galyardini, 65), Barella (Kolidio, 83), Perishich (Joau Mariu, 83), Espozito (Kandreva, 65).

Bosh sahifaga
253