O'rtoqlik o'yini. «Barselona» yapon klubini mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 554

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Evropaning top-klublari o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishmoqda. "Barselona" Yaponiyada "Rakuten Cup" doirasida tarkibida Andres Inesta bo'lgan "Vissel Kobe"ga qarshi maydonga chiqdi.
Uchrashuv davomida to'la ustunlik kataloniyaliklar tomonida bo'ldi, ammo ular tanaffusga qadar ko'p imkoniyatlardan foydalana olishmadi.
Ikkinchi bo'limda esa "ko'k-anorranglilar" ustunlikni o'z tomoniga og'dirishdi. Zaxiradan maydonga tushgan 21 yoshli Karles Peres ikkita imkoniyatdan oqilona foydalanib, o'z hisobiga "dubl" yozib qo'ydi.
O'rtoqlik o'yini
Vissel Kobe Yaponiya – Barselona Ispaniya – 0:2 (0:0, 0:2)
Gollar: 0:1 – Karles Peres (59), 0:2 – Karles Peres (86).
Vissel Kobe: Maekava, Fudzitani, Dankler, Miya, Xatsuse, Yamaguti, Samper, Inesta, Ogava, Vilya, Goke.
Barselona: Ter Stegen (Neto, 46), Semedo (Todibo, 46), Rakitich (Karles Peres, 46), Buskets (Dembele, 46), Puch (Malkom, 46), Rafinya (Alenya, 46), Langle (Serji Roberto, 46), Grizmann (de Yong, 46), Alba (Monchu, 46), Kolyado (Umtiti, 46), Arauxo (Gilem, 46).

Bosh sahifaga
210