Dembele qachon "PSJ"da debyut qilishi oydinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 96

Qanot hujumchisi Usmon Dembele tez orada "PSJ" safiga o'tadi.
Futbolchining "Barselona"ni tark etishi yaqin orada rasman tasdiqlanishi kerak. L'Equipe nashri xabariga ko'ra, Dembele shanba kuni bo'lib o'tadigan "Loren"ga qarshi Frantsiya chempionatining birinchi tur uchrashuviga qaydnomaga kiritilishi mumkin. Agar bosh murabbiy Luis Enrike uni o'ynashga tayyor deb hisoblasa, frantsuz o'sha kuniyoq "PSJ" safida debyut qiladi. Taxminlarga ko'ra, futbolchi "Barselona" bilan mavsumoldi yig'inlarni to'liq o'tkazganligi sababli optimal jismoniy formada.
Usmon Dembelening transferi "PSJ"ga 50 million evroga tushadi. Vinger klub bilan uzoq muddatli shartnoma borasida kelishib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253