«Barselona» Messiga bir umrlik shartnoma taklif qilmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 615

Kataloniyaning “Barselona” klubi jamoada argentinalik hujumchi Lionel Messini uzoq muddatga olib qolishni rejalashtirmoqda.
Mundo Deportivo nashrining ma'lumotiga qaraganda, “ko'k-anorranglilar” 32 yoshli futbolchiga bir umrlik shartnoma taklif qilmoqchi.
Xabarlarga qaraganda, “Barselona” rahbariyati yaqin vaqt ichida Messi bilan muzokaralarni boshlaydi.
Ushbu taklifga Messining o'zi ham qarshi emas, chunki u faoliyatini har doim “Barselona”da tugatishni orzu qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
256