"Chelsi" o'z futbolchisini "Lester"ga ijaraga berishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 73
45"Chelsi" yarim himoyachisi Chezare Kazadei "Lester"ga ijaraga berilishga yaqin turibdi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, kelishuv yakuniy bosqichda. "Jenoa" Kazadeiga qiziqish bildirayotganiga qaramay, "Chelsi" va "Lester" o'rtasida kelishuvga erishildi.
Qayd etilishicha, Kazadeyning “Lester”ga o'tishida uning bosh murabbiy Entso Mareskidan qiziqish bildirgani asosiy omil bo'lgan. "Lester" tez orada shartnomani yopishni kutmoqda.
“Inter” bitiruvchisi 2022 yilning yozida “Chelsi”ga o'tdi va 2022/23 yilgi mavsumni “Reding”da ijara asosida o'tkazdi. Yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi jahon chempionatida u Italiya terma jamoasi safida 7 ta gol urib, turnirning eng yaxshi to'purari va futbolchisiga aylandi.