Serxi Roberto: "Chempionlar ligasida g'alaba qozonish "Barselona"ning asosiy maqsadlaridan biri"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Barselona" himoyachisi Sergi Roberto Kataloniya klubining yangi mavsumdagi maqsadlari haqidagi savolga javob berdi.
"Men sizni aldamayman, Chempionlar ligasi so'nggi yillarda sodir bo'lgan voqealardan keyin asosiy maqsadlardan biri. Ko'p orzularimni ro'yobga chiqargan bo'lsam ham, sardor sifatida kubokni ko'tarish o'zgacha narsa bo'lardi", - dedi Roberto Mundo Deportivo bilan suhbatda.
31 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, 2022/23 yilgi Chempionlar ligasida "Barselona" turnirning pley-off bosqichiga chiqa olmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216