Xavi Neymarning transferi haqida qanday fikr bildirdi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "PSJ" hujumchisi Neymarning transferi haqida fikr bildirdi.
So'nggi kunlarda tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, kataloniyalik gigant braziliyalik yulduzni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga olishi mumkin.
"Boshqa klublarda o'ynayotgan futbolchilar haqida gap ketganda, aniq bir narsa deya olmayman. Keling, 31 avgust kuni transfer oynasi yopilguniga qadar nima qilishimiz mumkinligini ko'rib chiqaylik, ammo hozircha men hech kim, jumladan Neymar haqida hech qanday fikr bildirmayapman", - deya ispaniyalik mutaxassis so'zlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.
Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, Neymarning o'zi yana "Barselona"da o'ynashni xohlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
161