"Bavariya" "Ayaks" darvozaboniga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 57

Myunxenning “Bavariya” klubi Yann Zommer o'rniga “Ayaks” darvozaboni Xeronimo Rulini sotib olishi mumkin.
Sky Sports xabariga ko'ra, "Ayaks" "Bavariya"ning Ruliga qiziqishidan xabardor. Biroq hozircha myunxenliklar argentinalik darvozabon uchun rasmiy taklif bilan chiqqanicha yo'q.
Qayd etilishicha, "Bavariya" bahslarda ishonchli o'ynay oladigan, arzon darvozabon qidirmoqda. Shuningdek, darvozabonni ijaraga olish masalasi ham ko'rib chiqilmoqda.
Xeronimo Ruli yanvar oyida "Vilyarreal"dan "Ayaks"ga o'tgan edi. 31 yoshli darvozabon Erediviziyada 19 ta o'yinda maydonga tushib, 7 tasida gol o'tkazmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220