Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Yaponiya chempionatiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 77

Frantsiyalik mashhur hujumchi Bafetimbi Gomis erkin agent sifatida Yaponiyaning "Kavasaki Frontale" klubiga o'tdi.
O'tgan mavsumni 38 yoshli futbolchi "Galatasaroy"da o'tkazib, Turkiya chempionatining 23ta o'yinida 8ta gol urdi. Gomis shuningdek, "Sent-Eten", "Lion", "Suonsi", "Marsel" va Frantsiya terma jamoasidagi o'yinlari bilan ham tanilgan. Terma jamoa tarkibida 12 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urgan. Transfermarkt portali hozirda tajribali frantsiyalik futbolchini 650 ming evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, "Kavasaki Frontale" Yaponiyaning to'rt karra chempioni hisoblanadi. Bu jamoa oxirgi marta 2021 yilda ichki chempionatda g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
216