"Real"ning yangi futbolchisi jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 526

"Real" hujumchisi Luka Yovich Xalqaro chempionlar kubogi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda (3:7) jarohat oldi.
21 yoshli serbiyalik futbolchi 24-daqiqada raqib darvozaboni Yan Oblak bilan to'qnashuvdan keyin almashtirildi.
Goal xabariga ko'ra, shifokorlar Yovichga oyoq bilagi jarohati tashxisini qo'yishgan. Jarohatlarning og'irligi va futbolchining tiklanish vaqti keyinroq ma'lum bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
268