«Lans» «Chelsi»ning sobiq hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 87

«Lans» rahbariyati Chempionlar ligasidagi bo'lajak ishtiroki oldidan tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini o'rganishda davom etmoqda.
Jurnalist Yagiz Sabuncho'g'lining yozishicha, Liga 1ning kumush medali sovrindori «Fenerbaxche»da o'ynayotgan Mishi Batshuayi uchun 10 million evro taklif qilgan.
Xabar qilinishicha, «Lans» Belgiya terma jamoasi forvardiga yillik 2 million evro maosh taklif qilgan va futbolchining agenti bilan ham maosh borasida muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Batshuayi «Chelsi» safini 2022 yilda tark etgan va shundan beri turk jamoasida o'ynamoqda. Transfermarkt portali 29 yoshli hujumchining narxini 10 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
238