Vitaliy Ni: “Futbolchilarimiz nomdor raqibga qarshi yaxshi o'ynashdi”
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 671

Coca Cola Superligasi 14-tur doirasidagi "Paxtakor" – "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi vitse-prezidenti Vitaliy Ni ishtirok etdi.
- Bugun ikkinchi davraga start berildi. Odatda bunday pallada futbolchilarga biroz qiyin bo'ladi. Shunday bo'lsa-da, futbolchilarimiz nomdor raqibga qarshi yaxshi o'ynashdi. “Paxtakor” qanday kuchga ega ekanligini barcha yaxshi biladi. Keyingi o'yinlarda g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.
Biz reja asosida ishlashda davom etamiz. Mavsumning ikkinchi qismi endi boshlanganini hisobga olsak, hali hammasi oldinda. Murabbiylar shtabi bilan birga vaziyatdan chiqib ketish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Bosh sahifaga
324