"Tottenxem" ikki nafar yangi futbolchining transferini e'lon qilishga tayyorlamoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Tottenxem" klubi ikki nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qilishga tayyorlanmoqda. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, "shporlar" shu hafta "Volfsburg"dan markaziy himoyachi Miki van de Ven va "Rosario Sentral"dan hujumchi Aleixo Velis bilan shartnoma imzolaganini e'lon qilishi kerak.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" Van de Ven uchun taxminan 50 million evro to'lashi kerak. Velis Postekoglu jamoasiga bonuslar bilan birga 20 millionga tushadi.
Shuningdek, “shporlar” shu yil boshida “Lester”dan yarim himoyachi Jeyms Meddison va “Empoli”dan darvozabon Gilermo Vikario bilan shartnoma imzoladi. Bu transferlar klubga 66 million evroga tushdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
197