"Manchester Yunayted" Maguayrni "Nitstsa" himoyachisi bilan almashtirishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 91

"Manchester Yunayted" "Nitstsa" himoyachisi Jan-Kler Todiboga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi hozircha 23 yoshli frantsiyalik futbolchini transfer qilish bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqqani yo'q. Qayd etilishicha, "Manchester Yunayted" agar Xarri Maguayr jamoani tark etsa, muzokaralarga kirishishga tayyor.
Avvalroq himoyachi xizmatlariga Turinning "Yuventus" klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
281