Bekxem klubi ilk transferini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 766

Devid Bekxem klubi “Inter Mayami” o'zining ilk transferlarini e'lon qildi.
Amerika klubi ikkita argentinalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Hujumchi Xulian Karransu va yarim himoyachi Matias Pellegrinini o'z safiga qo'shib oldi. “Inter” Pellegrini uchun 9 million evro, Karransa uchun 5 million evro to'ladi.
Ikala futbolchi ham 2020 yilning 31 yanvarigacha ijara asosida to'p suradi. Keyinchalik ular rasman shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, “Inter” 2020 yildan MLSdagi o'z yurishini boshlaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282