Mourino: "Saudiya Arabistonidan ikkita taklif oldim..."
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 64

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Saudiya Arabistonining ikki klubidan taklif olganini tan oldi.
“Men Saudiya Arabistonidan ikkita muhim taklif oldim. Menga “Al-Ahli" va “Al-Hilol” qiziqish bildirishdi. Men “Roma”da qolishga va bu takliflarni rad etishga qaror qildim. Kelajakda Saudiya Arabistonida bo'lishim mumkin. Mening javobimni kelajakka hech qanday aloqasi yo'q", - deya Mourinoning so'zlarini keltiradi jurnalist Nikolo Shkira.
Mourino "Roma"da ikki yil ichida klub bilan Konferentsiya ligasida g'olib chiqdi va jamoa bilan Evropa Ligasi finaliga chiqdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
282