Kvaratsxeliya "Napoli"ning yangi bosh murabbiyi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75

"Napoli"ning hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya jamoaning yangi bosh murabbiyi, Luchano Spaletti o'rniga jamoa boshqaruviga kelgan Rudi Garsiya haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Umid qilamanki, bu murabbiy qo'l ostida o'sishda davom etaman. U menga shaxs sifatida ham, murabbiy sifatida ham yoqadi, ishonchim komilki, biz u bilan birga g'alaba qozonishda davom etamiz. Har bir uchrashuvda g'alaba qozonish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. "Napoli" barcha raqiblarini hurmat qiladi", - deydi gruziyalik futbolchi.
O'tgan mavsumda "Napoli" Italiya chempioni bo'ldi. Xvicha barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol va 17 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
395