«Shaxtyor» «Tottenxem»dan tovon puli undirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 66

Ukrainaning «Shaxtyor» klubi yarim himoyachi Manor Solomon transferi uchun Londonning «Tottenxem» klubidan tovon puli olmoqchi. Bu haqda Daily Mail tabloidi xabar bermoqda.
Salomon FIFA variantidan foydalangan va o'tgan yili klubi bilan mehnat shartnomasini to'xtatgan. Ushbu yozda futbolchi 5 yillik shartnoma asosida «Tottenxem»ga o'tgandi.
«Shaxtyor» «shporlar»dan 6,5 million evro miqdorida tovon puli olmoqchi. Hozir tomonlar bu borada muzokaralar olib bormoqda.
Angliya premer-ligasining so'nggi mavsumida Manor 24 ta o'yinda qatnashib, 5 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
399