Arteta: «Xaverts bu bahsda ajoyib o'ynadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Manchester Siti»ga qarshi Angliya Superkubogi o'yinidan keyin (1:1, penaltilar bo'yicha 4:1) yangi kelgan Kay Xavertsning o'yini haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
«Kay bu bahsda ajoyib o'ynadi, u juda yaxshi pressing qildi. Haverts vaqtni to'g'ri belgilashga yaxshi harakat qildi va gol urish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi.
Bu safar unga omad kulib boqmadi, lekin u a'lo darajada tayyor edi, shuning uchun men uning o'yinidan mamnunman», - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Xaverts «Chelsi»dan «Arsenal»ga 75 million evro evaziga o'tgan edi. 24 yoshli hujumchi londonliklar bilan 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mehnat shartnomasi imzoladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
264