«Vest Xem» «Manchester Yunayted» hujumchisiga ko'z tikkan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78

«Vest Xem» «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyalni o'z safiga qo'shib olmoqchi.
27 yoshli futbolchi Erik ten Xag jamoasida asosiy tarkibda doimiy o'ringa ega emas, shuningdek, jarohatlar tufayli ko'pincha maydonga tusha olmaydi.
Oldinroq, agar da'vogarlar paydo bo'lsa, «qizil iblislar» frantsiyalik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor ekani xabar qilingandi.
CaughtOffside ma'lumotlariga ko'ra, «Vest Xem» ulardan biri bo'lishi mumkin. London klubi shartnoma imzolash imkoniyatini o'rganmoqda, ammo Marsyal «bolg'achilar» ro'yxatidagi yagona nomzod emas.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232