Pochettino "Yuventus" yulduzi transferini rad etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 103

"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoasiga Dushan Vlaxovich kerak emas degan qarorga keldi.
"Yuventus"ga tegishli serbiyalik hujumchi turinliklar tomonidan sotib olinishi kutilayotgan Romelu Lukaku evaziga "ko'klar" safiga qo'shilishi mumkin edi. The Guardian nashrining yozishicha, Pochettino Vlaxovichni taklif qilish fikridan voz kechgan. Argentinalik mutaxassisning fikricha, "Chelsi"da allaqachon etarlicha hujumchilar bor va ayni damda London klubi bor e'tiborini hujumkor yarim himoyachi topishga qaratgan.
Transfermarkt ekspertlari Dushan Vlaxovichning narxini 70 million evroga baholamoqda. "Yuventus" 23 yoshli futbolchi evaziga nafaqat Lukaku, balki taxminan 40 million evro ham olmoqchi edi.

Bosh sahifaga
258