"Bavariya" Vlaxovich nomzodiga qaytishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63

"Yuventus" hujumchisi Dushan Vlaxovich "Bavariya"ning qisqa ro'yxatida qolmoqda.
So'nggi haftalarda Germaniya Bundesligasi gigantlari o'z kuchlarini to'liq "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keyn uchun muzokaralarga qaratdi, ammo "shporlar" rahbariyatining roziligi haligacha olinmayapti. Tuttosport xabariga ko'ra, "Bavariya" ingliz futbolchisining transferini amalga oshira ololmasa, Vlaxovich nomzodiga qaytadi. Myunxenliklar 23 yoshli serbga da'vogarlar qatoriga yoz boshlarida qo'shilgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Xarri Keynni sotib olish uchun bonuslarni hisobga olmaganda 100 million evro sarflashga tayyor. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra Dushan Vlaxovichning narxi 70 mln evro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
257