Kristensen A Seriyaga ko'chib o'tadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 94

"Gerta" darvozaboni Oliver Kristensen faoliyatini Italiyada davom ettiradi, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.
Manbaga ko'ra, "Fiorentina" 24 yoshli daniyalik futbolchiga da'vogarlik qilmoqda. Italiya klubi allaqachon berlinliklar bilan muzokara olib bormoqda. Futbolchi 6 million evroga tushadi.
O'tgan mavsumda Kristensen Bundesligada 33 ta o'yinda maydonga tushib, 68 ta gol o'tkazib yubordi va 3 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258