"Inter" Miranda bilan shartnomani bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 703

"Inter" himoyachisi Joao Miranda faoliyatini Xitoyda davom ettiradi.
34 yoshli braziliyalik "Inter" bilan shartnomani tomonlarning o'zaro roziligi bilan bekor qildi, deb xabar beradi klub rasmiy sayti.
Miranda "Tszyansu Sunin" bilan kelishuvga erishdi. Futbolchi Xitoy klubi bilan uch yillik shartnoma imzolaydi.
Eslatib o'tamiz, Miranda 2016-yilning yozida "Atletiko"dan 9 mln evro evaziga "Inter" safiga kelib qo'shilgandi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda braziliyalik futbolchi "Inter" safida 20 ta uchrashuv o'tkazdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
235