UEFA mavsumning eng yaxshi goli uchun so'rovnoma e'lon qildi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2067

UEFA 2018/19 mavsumning eng yaxshi goli sovriniga nomzod 10ta golni tanlab oldi.
Yakunlangan mavsumda klublar va terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda urilgan gollar inobatga olindi. Top-10ga Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning gollari ham kiritildi.
Ro'yxatga kiritilgan gollar (top-10):
Danilu, Evro-2020 saralash, Portugaliya – Serbiya (1:1);
David Faupala, Evropa ligasi, «Apollon» – «Latsio» (2:0);
Lionel Messi, EChL, «Barselona» – «Liverpul» (3:0);
Entso Miyo, Evro-2019 U-17, Frantsiya — Chexiya (6:1);
Nani, Evropa ligasi, «Qorabog'» — «Sporting» (1:6);
Pedro, Evropa ligasi, «Chelsi» – «Slaviya» (4:3);
Ivan Rakitich, EChL, «Tottenxem» – «Barselona» (2:4);
Krishtianu Ronaldu, EChL, «Yuventus» – «Manchester Yunayted» (1:2);
Ismaila Sarr, Evropa ligasi, «Renn» – «Yablonets» (2:1);
Katerjina Svitkova, Ayollar o'rtasida EChL, «Slaviya» – «Bavariya» (1:1).
O'tgan mavsumda mazkur sovrinni Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritgan edi (EChLning chorak finalida «Yuventus» darvozasiga urilgan gol).
UEFA rasmiy sayti orqali o'zingizga yoqqan golga ovoz berishingiz mumkin. So'rovnoma 9 avgust kuni yakuniga etadi.

Bosh sahifaga
228