Klublar o'rtasidagi JCh-2019 o'tkazilish muddati aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 625

FIFA 2019 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatining o'tkazilish muddatni e'lon qildi. Musobaqa shu yilning 11-21 dekabr kunlari oralig'ida o'tkaziladi. Turnirga ilk marta Qatar mamlakati mezbonlik qiladi.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan 4ta jamoaning nomi aniq bo'lib ulgardi. Bular:
"Liverpul" (Angliya) — Evropa chempionlar ligasi g'olibi;
"Monterrey" (Meksika) — CONCACAF chempionlar ligasi g'olibi;
"Yegen Sport" (Yangi Kaledoniya) — Okeaniya chempionlar ligasi g'olibi;
"As-Sadd" (Qatar) — Qatar chempioni (mezbon)
Avgust oyida Afrika chempionlar ligasi g'olibi aniq bo'ladi. Keyinroq esa ularning safiga Libertadores kubogi va Osiyo chempionlar ligasi g'oliblari qo'shiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230