Ispaniya La ligasida mojaroli holat yuzaga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 660

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi Ispaniya chempionatining yangi mavsumi o'yinlarini faqat shanba va yakshanba kuni o'tkazish haqida qaror qabul qildi. Shu tariqa, La liga o'yinlarini juma va dushanba kunlari o'tkazishdan voz kechish talab etildi.
La Liga esa mazkur qarorga qarshi chiqdi va Federatsiyaning mazkur qaror yuzasidan sudga murojaat qildi. Sud esa avgust oyining birinchi haftasida bo'lib o'tadi.
Sud qaror qabul qilgunga qadar — chempionatning dastlabki 3ta turi avvaldan rejalashtirilganidek, shanba va yakshanbadan tashqari, juma va dushanba kunlari ham o'tkaziladi.
Federatsiya qarori o'z kuchida qolsa, bu holat Ispaniya chempionati teletranslyatsiya huquqini sotib olgan televizion kompaniyalarga o'z ta'sirini ko'rsatishi mumkin. Ular katta miqdorda kompensatsiya talab qilishlari mumkin.

Bosh sahifaga
236