""MYu" Lukakuga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 469

"Lion" hujumchisi Mussa Dembele "Manchester Yunayted" qiziqishlari doirasiga tushdi.
"MYu" hujumchi Romelu Lukaku jamoani tark etsa, "Lion"ning 23 yoshli frantsiyalik futbolchisini sotib olishga harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, Lukaka uchun asosiy da'vogar "Inter" hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda Dembele "Lion" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yin o'tkazib 19 ta gol urdi va 5 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Avvalroq, futbolchi "Fulxem" va "Seltik" jamoalarida to'p surgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220