Ronalduning «toychoq»lari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 773

Portugaliyalik futbolchi mashinalarni yoqtriradiganlar sirasiga kiradi. Uning kollektsiyasida deyarli 20 ga yaqin mashina bo'lib futbolchi ularni ko'z – ko'z qilishni hush ko'radi. Bugun ana shu mashinalarning eng chiroyli va zamonaviylari bilan tanishtirib o'tamiz.
Bentli Continental

Er yuzida bu mashinaga havas qilmaydigan insonlar kam topilsa, ajam emas. Balki, shu sabab ko'plab mashxur sportchilar shu markadagi mashinalarda yurishni yoqtiradi. Ronaldu ham shular jumlasiga kiradi. Futblolchi bu mashinani 2007 – yilda harid qilgan bo'lib mashina soatiga 314 km tezlik bilan harakatlana oladi.
Ferrari 599 GTB Fiorano

2008 – yilda YChLda g'olib chiqqan Ronaldu o'zi uchun harid qilgan bu mashinani Manchester shaxri tunellaridan birida urib oladi. Yaxshiyamki, futbolchining o'ziga hech narsa qilmaydi. Eng qizig'I shundaki, o'sha kuniyoq futbolchi huddi shunday mashinaga buyurtma berib yuboradi. Ronaldu ikkita Ferrariga ham 360 ming evrodan
Porsche 911 Cerrera C

2009 – yilda futbolchi o'zining eski mashinalarini sotuvga qo'yadi. Bo'shab qolgan joylardan birga esa, aynan shu madeldagi mashinani harid qiladi.
Buggati Veyron

Aynan 2009 – yilda futbolchi tomonidan harid qilingan Buggaati Veyron mashinasi katta shov – shuv ko'targan edi. Ronalduning harididan so'ng, ushbu korhona jaxon bozorida katta mavqeyga ega chiqdi desak, adashmagan bo'lamiz.
Rolls - Roys Phantom

«Manchester Yunayted»ning yana bir afsonasi Devid Bekhamning eng sevimli mashinasi sanaladigan «Rolls – Roys phantom» Ronalduning mashinalari orasida bor. To'g'ri, futbolchi bu mashinadan ko'p ham foydalanavermaydi, biroq ijtimoiy tarmoqlarda bu mashinaning suratlari etarlicha topiladi.
Lamborghini Aventador LP 700 - 4

Ronaldu bu mashinani o'zining tug'ilgan kuniga o'zi sovg'a qilgan edi…
Buggati Veyron 16.4 Grant Sport

Futbolchi tomonidan harid qilingan eng qimmat mashinalarning etakchilaridan sanaladigan ushbu «toychoq»ning narxi 1, 7 million evro ekanligi ko'pchilikka sir emas. So'nggi paytlarda futbolchi shaxar ko'chalarida aynan shu supermashinada paydo bo'lyapti. Futbolchi bu mashinani "Evro 2016" musobaqasidagi g'oliblikdan so'ng sotib olgan.

Bosh sahifaga
252