"Barselona" futbolchisi "Inter"ga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 488

Sport.es xabariga ko'ra, "Inter" "Barselona" yarimhimoyachisi Ivan Rakitichga qiziqishda davom etmoqda.
Avvalroq, xorvatiyalik futbolchining o'zi klubda qolishini istashiga qaramay "Barselona"dagi kelajagiga ishonmayatganini ma'lum qilgan edi.
Shuningdek kataloniyaliklar rahbariyati Rakitich va yarim himoyachi Arturo Vidal bilan xayrlashishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma'lumot uchun, Ispaniya OAVlari futbolchini "PSJ" faol ravishda kuzatayotgani haqida xabar berishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
218