"Arsenal" Everton uchun 40 million evro taklif qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 415

"To'pchilar" "Gremio" bilan muzokaralarni boshlashdi.
"Arsenal" hujumchi Everton Soaresning transferi bo'yicha "Gremio" bilan muzokaralarni boshladi.
UOL Esporte nashrining xabariga ko'ra, "to'pchilar" braziliyalik qanot yarim himoyachisi uchun 40 million evro taklif qilishgan.
Ma'lumot uchun, "Napoli" ham 23 yoshli hujumchiga qiziqish bildirmoqda, ammo futbolchining o'zi London klubiga o'tishni maqul ko'rmoqda
Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda Everton "Gremio" tarkibida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 1 ta gollik uzatma amalga oshirdi.
Vinger Braziliya terma jamoasida 12 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
217