"Barselona" Semedoni sotmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445

AS xabariga ko'ra, "Barselona" himoyachisi Nelson Semedoni sotish fikridan voz kechgan va kelayotgan mavsumda futbolchidan foydalanmoqchi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchi uchun Angliya, Ispaniya va Italiya jamoalaridan bir nechta takliflarni rad etishgan.
Ta'kidlanishicha, kataloniyaliklar Semedoni futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 100 million evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin, ammo takliflarning hech biri 50 milliondan oshmagan.
Avvalroq, "Barselona" ushbu transfer oynasida yarim himoyachilar Arturo Vidal va Ivan Rakitichni bilan xayrlashishi ma'lum qilingan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
334