Bokschilarimiz final uchun jang qilishadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 517

Tailandning Bangkok shahrida boks bo'yicha “Qirol kubogi” xalqaro turniri o'zining qizg'in pallasiga kirdi. Bir kunlik dam olishdan so'ng musobaqa bellashuvlari yana davom etadi.
Bugun turnirning yarim final janglari o'tkazilishi belgilab qo'yilgan. Ushbu bosqichga vakillarimizdan 2 nafari etib keldi. -49 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan Nodirjon Mirzahmedov final yo'llanmasi uchun Mohd Rejan Muhammadga qarshi ringga chiqsa, -75 kilogramm vazn toifasida Fanat Qahramonov hindistonlik Ashish Kumarni engishi talab etiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
265