Zagreb Gran-prisining birinchi kunida besh nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 361

Bugun Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi.
Engil vazn toifasidagi dzyudochilar bellashadigan bugungi kun dasturida besh nafar polvonimiz g'oliblik uchun tatamiga chiqishadi. Ular orasida Rio Olimpiadasi va jahon chempionati bronza medali sohibi Diyorbek O'rozboev, shuningdek, Sharofiddin Lutfillaev, Artyom Shturbabin, Muhriddin Tilovov hamda Diyora Keldiyorovaning nomlarini keltirib o'tish mumkin. Vakillarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev – Matyaz Trbovich (Sloveniya)
-60 kg: Diyorbek O'rozboev – Von Jin Kim (Janubiy Koreya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Joao Krisostomo (Portugaliya)
-66 kg: Artyom Shturbabin – Shugen Nakano (Filippin)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Aleksandra Kaleta (Polsha)

Bosh sahifaga
274