Sebalos: «Arsenal»ga o'tishimda murabbiyning hissasi katta»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 513

“Arsenal”ning yangi futbolchisi Dani Sebalos “kanonirlar” safidagi ilk fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bu libosni kiyishimdan faxrlanaman. Men buyuk tarixga ega jamoa safiga qo'shildim. Bu mening faoliyatimda oldinga tashlangan qadam bo'ldi. Mening jamoaga kelishimda murabbiy Unai Emerining hissasi katta, u mening faoliyatim bilan yaxshi tanish. Men sabrsizlik bilan bu libosda o'ynashni kutmoqdaman. “Arsenal”ga sovrinlar yutishda yordam berishimdan xursandman”, - deydi 22 yoshli futbolchi.
Ma'lumot uchun, “Arsenal”Sebalosni 1 yilga “Real”dan ijaraga oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
273