AGMK chernogoriyalik himoyachi bilan shartnoma imzoladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 484

AGMK jamoasi davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirish uchun selektsiya ishlarini olib bormoqda.
Transfer oynasi ochilganidan unumli foydalanayotgan olmaliqliklar tarkibga yangi futbolchilarni qo'shib olishda davom etadi.
Navbatdagi transfer esa legioner futbolchi — chernogoriyalik markaziy himoyachi Igor Zonich bo'ldi.
Faoliyati davomida Serbiya, Chernogoriya va Malayziya chempionatlarida o'ynagan chernogoriyalik markaziy himoyachi Igor Zonich bilan klubimiz yil so'nggiga qadar shartnoma imzoladi. Mahoratli himoyachi endilikda faoliyatini AGMK jamoasi bilan bog'ladi.
Igor Zonich
Tug'ilgan sanasi: 16.10.1991
Pozitsiyasi: markaziy himoyachi
Millati: Chernogoriya
Bo'yi: 186
Oyog'i: o'ng
O'ynagan jamoalari: "Partizan", "Banat Zrenyanin", "Teleoptik Zemun", "Mladost Luchani", "Napredak", "Bezaniya", "Suteska", "Rad Beograd", "Terengganu", AGMK

Bosh sahifaga
273