O'zilga qurollangan shaxslar hujum qilishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 563

"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zilga qurollangan shaxslar tomonidan hujum uyushtirildi.
Daily Mail tarqatgan xabarga ko'ra, voqea London shahri ko'chalaridan birida yuz bergan. Noma'lum ikki shaxs O'zilning mashinasi ortidan ta'qib qilgan va uni to'xtashga majbur qilishgan. Mesut ularning qo'lida pichoq borligini ko'rgan hamda yordam so'rab Likya nomli turk restoraniga yugurib kirgan.
Bu paytda O'zilning yonida "Arsenal" himoyachisi Sead Kolashinats ham bo'lgan. Bu futbolchi bosqinchilardan o'zini himoya qilgan. Bo'lib o'tgan voqeada jabr chekkanlar bo'lmadi. Politsiya etib kelgunga qadar noma'lum shaxslar qochib ketishga ulgurgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
305