So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Messining «toychoq»lari
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1986
Futbolchilar tomonidan harid qilinadigan mashinalar doimmo muxlislarda katta qiziqsh uyg'otishi aniq. Bugun futbol olamidagi eng mashxur insonlardan biri sanaladigan Leo Messining mashinalari bilan tanishib o'tamiz.
Lexsus IC - F
Ko'rinishidan kamtarin bo'lgan mashina 423 ot kuchiga ega ekanligi kishini hayron qoldirishi aniq. Bu mashina Messiga anchadan beri hizmat qilib kelmoqda. Bundan 2 yil avval futbolchi mashg'ulotlarga aynan shu mashinada qatnab yurar edi. Mashinaning qiymati 75 000 dollarga baholanadi.
Ferrari F430 Spider
Aslida bunday mashina uchun 190 ming evro atrofida to'lanishi shart, lekin Messi Italiyalik mashinasozlarga atayin kulrang rangdagisini buyurtma bergani va ayrim qo'shimcha gadjetlar qo'shtirgani uchun 250 ming evro to'lashiga to'g'ri keldi.
Shunga qaramasdan futbolchi bu mashinadan ko'p ham foydalanavermasada, mashina Messining eng yoqtirgan markalaridan biri
Mecerati Granturisimo MS Stradale
Mana bu «toychoq»ning o'ziga hos tarixi bor. Messi bu «toychoq»ning ilk sonini harid qilgach katta tezlikda uni bir necha yil mobaynida haydaydi. Futbolchining turmush o'rtog'I undan havotir olavergach futbolchidan uni sotib yuborishni yoki sovg'a qilib yuborishni talab qiladi. Mashina harid qilinganidan bir muncha fursat o'tib Leo uni yaqin do'stiga sovg'a qilib yubordi
Mashina o'z vaqtida dunyoning eng tezyurarlaridan biri sifatida tan olingan bo'lib unda 450 ot kuchi mavjud edi. Uning narxi 240 ming evro atrofida baholangan edi.
Dodge Charger SPT8
Klassik «amerikancha» mashina o'zining to'q qizil rangi bois ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Uning matori juda katta bo'lib 470 ot kuchiga ega. Bundan tashqari uning narxi ham (80 000 evro) u qadar qimmat emas.
Audi Q7
Oq «yo'l tanlamas» mashina Leo va uning oilasi uchun mo'ljallangan. Futbolchining og'illarini aynan shu mashinada ko'p bor maktabga kelganini ko'rishgan.
Audi P8
Yana bir Audi markasidagi mashina bilan tanishib o'tamiz. Mashg'ulotlardan so'ng uni ko'p bor shu mashinada Katoloniya ko'chalarida ko'rishingiz mumkin.
Mini Kooper C
Bu Messi tomonidan harid qilingan ilk mashina sifatida tarixda qolishi aniq. Eng qizig'I shundaki, Messi bu mashinani alohida hurmat bilan o'z «garajida» saqlab kelmoqda.
Toyoto Prius
Bu mashina Messi tomonidan biror marotaba ham minilmagan bo'lsa, ajab emas…
Range Rover Vogue
Messi tomonidan harid qilingan eng so'nggi mashinalardan biri. Ko'rinishidan juda qo'pol ko'ringani bilan o'zining qulayliklari bilan ko'plab mashinalarni ortda qoldirib ketuvchi Range Rover so'nggi paytlarda futbolchining asosiy mashinasiga aylanib qoldi desak, adashmagan bo'lamiz.
Dunyodagi eng qimmat Ferrari
Leo Messi tomonidan kim oshdi savdosida harid qilingan Ferrari Scaglietti dunyoning eng qimmat Ferrarisiga aylandi. «Barselona» sardori bu mashina uchun 32 million evro to'ladi va ko'plab mashina ishqibozlarining orzusiga ega chiqdi. 1957 – yilda ishlab chiqarilgan mashina o'zining kamyobligi bilan qolgan mashinalardan ajralib turadi.