So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Dzyudo bo'yicha Zagreb Gran-prisiga qur'a tashlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 384
26-28 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi yirik musobaqa bo'lib o'tadi. Ushbu turnir orqali murabbiylar sportchilarning jahon chempionatidan avvalgi holatini ko'zdan kechirib olishlari mumkin bo'lsa, dzyudochilar Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini jamg'arish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Biroz avval musobaqaning matbuot-anjumani va qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Zagreb Gran-prisida 13 nafar dzyudochimiz bahs olib boradi. Qur'a natijasiga ko'ra, hamyurtlarimizning dastlabki raqiblari bilan tanishing:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev – Matyaz Trbovich (Sloveniya)
-60 kg: Diyorbek O'rozboev – Von Jin Kim (Janubiy Koreya)
-66 kg: Muhriddin Tilovov – Joao Krisostomo (Portugaliya)
-66 kg: Artyom Shturbabin – Shugen Nakano (Filippin)
-73 kg: G'iyosjon Boboev – Nuno Sarayva (Portugaliya)
-81 kg: Muso Sobirov – Sasha Denenyox (Togo)
-90 kg: Doston Meyliev – Tsuven Van (Xitoy) / Joy Jayne (AQSh)
-90 kg: Shahzod Sobirov – Dmitro Berejni (Ukraina)
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov – Zelim Kotsoiev (Ozarbayjon)
+100 kg: Bekmurod Oltiboev – Xorun Sadikovich (Bosniya va Gertsegovina)
+100 kg: Alisher Yusupov – Vito Dragich (Sloveniya)
-52 kg: Diyora Keldiyorova – Aleksandra Kaleta (Polsha)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Darya Pogorzelech (Polsha)