"Tottenxem" homiylik bitimini uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 463
Shporlar AIA bilan yangi shartnoma imzoladi.
AIA titul homiysi sifatida 2013-yildan boshlab "Tottenxem" bilan hahamkorlik qilib kelmoqda. Bu munosabatlar yana sakkiz yilga uzaytirildi. Kelgusi 8 yil ichida London klubi 360 mln funt ishlab topadi.
Yangi shartnoma oldingi shartnomaning takomillashtirilgan shakli hisoblanadi. Agar oldin shporlar yiliga 35 mln funt sterling olgan bo'lsa, endi ular 5 mln funt ko'proq topadilar.
Hozirda APLda "Manchester Yunited" etakchilik qilmoqda. Chevrolet kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma, mankunyanliklar uchun yiliga 50 mln funt daromad keltiradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!