"Vulverxempton" "Yuventus" yarim himoyachisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 511

32 yoshli yarim himoyachining "Yuventus" bilan 2021 yil yozigacha shartnomasi bor, ammo futbolchi Mauritsio Sarri rejalariga kirayotgani yo'q.
Avvalroq, Sami Xediraga Turkiyaning etakchi klublari, shuningdek MLS jamoalari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sky Sport Italia xabariga ko'ra, "Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi Xediraning transferini muhokama qilish uchun "Vulverxempton" rahbariyati bilan uchrashishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi 2015 yilning yozida "Yuventus" safiga kelib qo'shilgan va 127 ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
166