MLS Ibrahimovichni diskvalifikatsiya qilmaydigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 426
«Los-Anjeles Gelaksi» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich avvalgi turda bo'lib o'tgan «Los-Anjeles»ga qarshi o'yinda raqib himoyachisi Muhammad Munirning yuziga tirsagi bilan zarba berib, uning yuz suyagini sindirgan edi. Hakamlar o'yin paytida bu holatni e'tibordan chetda qoldirishgan edi.
Liga rahbariyati ushbu vaziyatni o'rganib chiqib, shvetsiyalik futbolchini diskvalifikatsiya qilmaydigan bo'ldi. MLS tartib intizom qo'mitasi Zlatanni ogohlantirdi.
Jarohat olgan Munir mazkur jarohat tufayli 4 hafta maydonga tusha olmadi. U juma kuni operatsiya qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!