"Betis" ximoyachisi "Barselona"ga o'tishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 354
"Barselona" Betis bilan chap qanot himoyachi Junior Firpo transferi borasida kelishuvga yaqin turibdi.
Junior Firpo "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi, deb xabar beradi jurnalist Janluka Di Martsio.
Jurnalist bergan ma'lumotga ko'ra, bitim yakuniga etish arafasida.
"Betis" 23 yoshli futbolchi uchun taxminan 27 million evro oladi.
Shuningdek, The Guardian jurnalisti Fabritsio Romano ikki klub o'rtasida faol muzokaralar olib borilayotganini tasdiqladi.
Avvalroq, "Real" ham Firpoga da'vogarlik qilayotgandi, ammo "Barselona" ispaniyalik bilan deyarli kelishuvga erishib bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!