Grizmanning “Barselona”da o'ynashi taqiqlanishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 804
Marca nashrida chiqqan xabarga ko'ra, bu borada La Liga prezidenti Xaver Tebas bayonot bergan. Madrid klubining fransiyalik hujumchi transferi bilan bog'liq mutasaddi tashkilotga shikoyat qilganini bildirgan Tebas masala chuqur o'rganilishini ta'kidlagan:
“Bizga “Atletiko Madrid” Grizmanning “Barselona”ga o'tishiga litsenziya berilmasligini so'rab murojaat qildi. Bizda bu huquq bor, agar litsenziya bermasak, Grizmann “Barselona” safida rasman o'ynolmaydi. Ammo bu bir yoqlik masala emas. Biz har ikkalasiniyam haq yoki nohaq demaymiz. Masalani yaxshilab o'rganishimiz erak. “Barselona” qoida buzganmi, yo'qmi, “Atletiko”ning huquqlari toptaldimi, yo'qmi, xozirchabir narsa deyolmaymiz. Agar vaziyat La Liganing rasman boshlangunigacha hal bo'lmasa, unda La Liga eng maqbul qarorni qabul qiladi. Bu qarorni vaqti kelganida bildiramiz”.
Eslatib o'tamiz, yozgi transferlar oynasida frantsiyalik hujumchining shartnomaga asosan tovon puli muddati tugab, 200 mln evrodan avtomatik tarzda 120 mln evroga tushdi va “Barselona” mazkur to'lovni to'lab, uni o'z safiga qo'shib oldi. Biroq, keyinchalik “Atletiko Madrid” kataloniyaliklar bilan Grizmann mart oyidayoq shartnoma tuzib qo'yganini, shuning uchun “Barselona” 80 mln evro tovon pulini to'lashlarini talab qilib, La Ligaga shikoyat yo'llagan.
Agar madridliklar mahkama ishida yutib chiqsa, unda kataloniyaliklar yana 80 mln evro to'laydi va Grizmann ularga 200 mlnga tushadi, agar to'lamasa, unda Grizmann “Barselona”ning faqat mashg'ulotlaridagina qatnashadi.