KONMEBOL Messiga nisbatan jazo chorasini chiqardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459

Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messiga nisbatan jazo chorasini chiqardi.
TyC Sports tarqatgan xabarga ko'ra, 32 yoshli o'yinchi bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi va 1500 dollar miqdorida jarimaga tortdi. Amerika kubogi-2019 musobaqasining bronza medali uchun kechgan o'yinda Chili termasi futbolchisi Gari Medel bilan to'qnashuv tufayli maydondan chetlatilgani uchun Leo shunday jazoga loyiq topildi.
Messi tomonidan KONMEBOL sha'niga aytilgan tanqidiy fikrlar masalasi esa keyinroq ko'rib chiqiladi. Besh karra "Oltin to'p" sohibining diskvalifikatsiyasi ko'paytirilishi mumkin. Avvalroq Argentina futbol federatsiyasi Messi nomidan KONMEBOLdan uzr so'ragandi.

Bosh sahifaga
195