Taekvondochimiz Osiyo chempionatining eng yaxshi sportchisi bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1130
Iordaniyaning Amman shahrida taekvondo bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati yakuniga etdi. Unda asosiy tarkib bilan ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.
Vakillarimizdan o'smirlar Olimpiadasi sovrindori Ulug'bek Rashitov (-55 kg) hamda Jasur Jaysunov (-68 kg) o'z vazn toifalarida qit'amizda tengsiz ekanliklarini isbotlagan bo'lsalar, Azizjon O'ktamov (-48 kg) finalda imkoniyatni boy berib qo'ydi. Shuningdek, Abdulaziz Hamidullaev (-63 kg), Marat Mavlonov (-78 kg), Feruza Sodiqova (-63 kg) hamda Ozoda Sobirjonova (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog'onasidan joy olishdi.
Jami ettita medal jamg'argan terma jamoamiz yakunda umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Yana bir e'tiborli tomoni shundaki, bu Osiyo chempionati yigitlarimizning ilk bor oltin medal qo'lga kiritgani bilan tarixda qolmoqda. Ulug'bek Rashitov esa yigitlar o'rtasida musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.
G'olib va sovrindorlarimizni yana bir bor yodga olamiz:
Oltin:
Ulug'bek Rashitov (-55 kg)
Jasur Jaysunov (-68 kg)
Kumush:
Azizjon O'ktamov (-48 kg)
Bronza:
Abdulaziz Hamidullaev (-63 kg)
Marat Mavlonov (-78 kg)
Feruza Sodiqova (-63 kg)
Ozoda Sobirjonova (-55 kg)