Zagreb Gran-prisida ishtirok etuvchi dzyudochilarimiz tarkibi aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 364
26-28 iyul kunlari Xorvatiyaning Zagreb shahrida dzyudo bo'yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi musobaqa bo'lib o'tadi. Ushbu Gran-pri jahon chempionatidan oldingi yirik musobaqa bo'lgani bilan ahamiyatli.
Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur turnirda O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etishi belgilab qo'yilgan. Zagreb Gran-prisida qatnashadigan terma jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev
-60 kg: Diyorbek O'rozboev
-66 kg: Muhriddin Tilovov
-73 kg: Hikmatilloh To'raev
-73 kg: G'iyosjon Boboev
-90 kg: Doston Meyliev
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Bekmurod Oltiboev
-52 kg: Diyora Keldiyorova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!