Andre Silva Monakoda tibbiy ko'rikdan o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 412
RMC Sport xabariga ko'ra, "Milan" hujumchisi Andre Silva tez orada "Monako"ga ko'chib o'tadi.
Portugaliyalik forvard Monakoga etib keldi va tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Silva "Monako" bilan 5 yillik shartnomaga rozi bo'lgan. Transfer qiymati taxminan 30 mln evroni tashkil qiladi.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi "Sevilya" safida ijara asosida to'p surgan va 40 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!