Peru yarim himoyachisi "Benfika"dan "Al-Hilol"ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 416
"Benfika" yarim himoyachisi Andre Karrilo faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
"Al-Hilol" o'zining rasmiy veb-saytida futbolchi bilan 2023-yilgacha shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
"Benfika" futbolchining transferidan 9 mln evro ishlab oldi.
Ma'lumot o'rnida, 28 yoshli Karrilo o'tgan mavsumda "Al-Hilol" safida ijara asosida 25 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta gollik uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!